ตราสัญลักษณ์ OpenStreetMap OpenStreetMap

รายการบันทึกทั้งหมดในภาษา Uzbek

รายการบันทึกล่าสุด

โพสต์โดย BekzodR2007 เมื่อ 19 มิถุนายน 2025 ในภาษา Uzbek (O'zbek)

Сафарида бир неча кун юргандан кейин тинчроқ шахарда қолиб, табиат билан бир оз яккаликда бўлишни хоҳладим. Эрталаб эрта туриб, жойлашган манзилимдан ярим соатча йўл машинада ǒтиб, шу гўзал тоғли манзарага етиб келдим.

Ўзимча шунчаки бир оз юришни, ҳаво олишни режалаштиргандим, лекин мана шундай панорамали манзарани кўриб ҳайратда қолдим. Бўлса керак, бу ердаги маҳаллий аҳоли бу манзарани кўп кўрган, лекин мен учун бу жуда ҳам таъсирли бир лаҳза бўлди.

Тоғлар гўё сукутдаги қалъадек — гапирмайди, лекин барчасини ҳис қилиш мумкин. Суратга туширдим, балки кейин ижтимоий тармоқларда бўлишармиз, бироз руҳиятни ўзгартириш учун.

nature

โพสต์โดย Khurshid Zafari เมื่อ 15 มีนาคม 2016 ในภาษา Uzbek (O'zbek)

Bugun Humanitarian mapping bo’yicha ikkinchi loyihani boshladim. Al-Tal shahrining xaritasi biroz qiyinchilik tug’dirdi. Chunki kul rang binolarni yerdan ajratib olish qiyin bo’ldi. Hozir endi Maarba shahrining xaritasini ustida ish boshlandi. Maarba Al-Taldan kichikroq shahar, shuning uchun baland binolari ko’p emas. O’ylaymanki, bu loyiha tez bajariladi.

ที่ตั้ง: معربا, ناحية مركز التل, منطقة التل, محافظة ريف دمشق, Suriya
โพสต์โดย Khurshid Zafari เมื่อ 10 มีนาคม 2016 ในภาษา Uzbek (O'zbek)

Bugun birinchi marotaba gumanitar xaritachilikni boshladim. Suriyadagi Al-Tal shaharchasining bir bo’lagi xaritaga tushirildi (loyiha raqami #hotosm-project-1640).

โพสต์โดย Khurshid Zafari เมื่อ 2 มีนาคม 2016 ในภาษา Uzbek (O'zbek)

Chust xaritasi ko’plab ob’yektlar bilan to’ldirilib, yo’llar chizilib, ancha chiroyli ko’rinishga keldi :)

ที่ตั้ง: Chust, Chust tumani, Namangan Viloyati, 161100, Oʻzbekiston
โพสต์โดย Khurshid Zafari เมื่อ 25 กุมภาพันธ์ 2016 ในภาษา Uzbek (O'zbek) อัปเดตล่าสุดเมื่อ 2 มีนาคม 2016

Bugun OSMda taxrirlashimning ilk kuni. O’zbekistonda faqat Toshkent shahri to’liq xaritaga tushirilgan. Shunda ham ba’zi yangi joylar xaritaga kiritilmagan, lekin Toshkent xaritasini qoniqarli darajada desa bo’ladi. Viloyat markazlaridan Samarqand shahrining xaritasi e’tiborga molik. Qolgan yirik shaharlar xaritalarida ko’p bo’sh joylar mavjud. Kichikroq shaharlar, tuman markazlarining xaritalari esa deyarli to’ldirilmagan.

ที่ตั้ง: Yunus Rajabiy mahalla, Yakkasaroy Tumani, Toshkent, 100000, Oʻzbekiston